AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi YTHda yonib ketib, halok bo`lgan 8 nafar fuqaro bo`yicha IIB tafsilotlarni ochiqladi

'Qashqadaryodagi YTHda yonib ketib, halok bo`lgan 8 nafar fuqaro bo`yicha IIB tafsilotlarni ochiqladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Qashqadaryoda sodir bo`lgan YTHda 8 nafar odam yonib ketdi. Ayni paytda viloyat IIB hodisa bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 15 avgust kuni soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik A-380 “G`uzor -Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo`lining 105 km.da Muborak tumani Qaraqum qishlog`i hududida “Jentra” rusumli avtomobil haydovchisi “Muborak-Koson” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina old qismiga urilib, YTH sodir etgan.  

Natijada “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan bir nafar fuqaro og`ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bir nafar yo`lovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. “Jentra” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan besh nafar fuqarolar og`ir tan jarohati olib, vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar