1

O`zbekiston kompaniyalari ilk bor “IFA Berlin 2022” yirik xalqaro ko`rgazmasida ishtirok etmoqda

Iqtisodiyot 03.09.2022, 11:04
O`zbekiston kompaniyalari ilk bor “IFA Berlin 2022” yirik xalqaro ko`rgazmasida ishtirok etmoqda

2-6 sentyabr kunlari Berlin shahrida maishiy elektrotexnika mahsulotlarining yirik “IFA Berlin 2022” xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Bu yilgi ko`rgazmada O`zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag`batlantirish agentligi, “O`zeltexsanoat” uyushmasi va mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan ilk bora “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil qilindi. Unda O`zbekistonning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Artel, Ideal Electrolux, Smart, Verre, Vitech va Sirius singari yirik korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Ushbu yirik xalqaro ko`rgazmada “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi mahsulotlarimiz uchun yangi bozorlar topish va eksport shartnomalari imzolash ko`zda tutilgan.

Ilk bora 1924 yilda tashkil qilingan mazkur ko`rgazma har yili sentyabr oyida o`tkaziladi. “Berlin Radio Shou” deb ham ataladigan ushbu ko`rgazma Germaniyadagi eng uzoq tarixga ega va dunyodagi eng mashhur sanoat ko`rgazmalaridan biri hisoblanadi. Ko`rgazmada maishiy elektrotexnika sohasining so`nggi yutuq va imkoniyatlari dunyoning yirik brendlari tomonidan namoyish etiladi. Pandemiyadan oldin 2019 yilda bo`lib o`tgan oxirigi ko`rgazmada 1900 dan ortiq firma va kompaniyalar 159 ming kvadrat metr maydonda o`z mahsulotlarini namoyish etgan. Ko`rgazmaga esa 240 mingga yaqin odam tashrif buyurgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1