1

"Umra" dan qaytganlar "Kaba" atrofida nima bo`lishini so`zlab berdi

Jamiyat 27.09.2022, 01:55
"Umra" dan qaytganlar "Kaba" atrofida nima bo`lishini so`zlab berdi

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent Xalqaro aeroporti  odamlar bilan to`lib-toshdi. O`z egasini kutayotgan gullar, yosh qalqigan ko`zlar ila "Umra" ziyoratidan qaytganlar kutib olindi.

Darakchi.uz' savobli ammallar bilan O`zbekistonga etib kelganlarni so`zga tutdi.

Ular o`zlari yashagan sharoit, ko`rsatilgan xizmatlardan mamnunligini aytishadi. Buni ularning tabassumi ham tasdiqlaydi.Shuningdek, otaxon va onaxonlar Ka`ba atrofida nimalarni his qilishgani, aynan qanday duo qilishganini so`zlab berishdi.

"Muqaddas Kaba oldida jannatmakon O`zbekistonimning tinchligini, el-yurtim sog`ligini so`rab, duo qildim",-deydi keksa ayol ham quvonch ham yig`i ichida.

"Butun o`zbek xalqining hammasiga borishni so`rab kelyapmiz. Duolarimiz ilohim ijobat bo`lsin", - deydi otaxon boshda do`ppi ustida oppoq ko`ylak kiygan yuzlari nurli otaxon.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston musulmonlari idorasi xabariga ko`ra, "Umra" ga boruvchilarga "tavsiya" berib, ibodatini ado etish uchun kishidan jismoniy kuch-quvvat talab etilishini ma`lum qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1