AsosiyHi-tech

"Apple"ning hafsalasi pir bo`ldi

'"Apple"ning hafsalasi pir bo`ldi'ning rasmi

iPhone 14’ga bo`lgan talab kutilganidek emas.

Amerikaning Apple Inc kompaniyasi talabning pastligi sababli yangi iPhone 14 modellarini ishlab chiqarishni ko`paytirish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda “Zamon.uz” sayti xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, kompaniya etkazib beruvchilarga joriy yilning ikkinchi yarmida iPhone 14 ishlab chiqarishni 6 millionga oshirish niyatida emasligini aytdi. 

Eng yirik smartfon bozori bo`lgan Xitoyda iPhone' sotuvi iqtisodiy inqiroz tufayli so`nggi paytlarda pasaymoqda. Sotuvga chiqarilgandan keyin iPhone 14 buyurtmalari soni o`tgan yilning shu davridagi iPhone 13 buyurtmalari sonidan 11 foizga kam.

    Boshqa yangiliklar