AsosiyJamiyat

Ayni paytda Z. R. jonlantirish bo`limida.  Sun`iy nafas olish apparatiga ulangan-SSV

'Ayni paytda Z. R. jonlantirish bo`limida.  Sun`iy nafas olish apparatiga ulangan-SSV'ning rasmi

Avvalroq kecha poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan “Mega Planet” savdo markazi yaqinida soat taxminan 23:00 atrofida “Ummon” guruhi xonanandasi “BMW” rusumli avtomashinasida katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, avtohalokatga uchragani haqida xabar qilgan edik. 

Toshkent shahar IIBBning ushbu hodisa yuzasidan bergan maʼlumotiga ko‘ra, transport vositasi boshqaruvchisi —  1990 yilda tug‘ilgan Z.R. hamda yo‘lovchilar — 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. va 1995 yilda tug‘ilgan J.I. shifoxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. esa voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat hamda hozirda shifoxonada davolanayotgan bemorlarning holati yuzasidan SSV matbuot xizmati rasmiy maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, Yunusoboddagi avtohalokatda jarohat olgan ikki bemor jonlantirish bo‘limida, yana biri uyda davolanmoqda.

Jumladan, poytaxtdagi davolash muassasasiga olib kelingan avtomashina boshqaruvchisi Z.R.ga “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja” tashxisi qo‘yilgan. 

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Og‘riqsizlantirilib, IVL appartiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki aʼzolari esa UTT kabi barza zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. 

Ayni paytda Z. R. jonlantirish bo‘limida.  Sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Ko‘krak qafasi lat yeyishi” diagnozi qo‘yilgan yo‘lovchi J.Y. ham jonlantirish bo‘limida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli o‘rta og‘ir. Xushida. 

Bemor J.I da esa “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, o‘ng tomon jag‘ osti va bo‘yin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari” aniqlangan. Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar o‘tkazilgach, ahvoli qoniqarli bo‘lgani  uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni paytda bemorlar salomatligini o‘z nazoratiga olgan. Muolaja jarayonlari uchun yetakchi tibbiyot mutaxassislari jalb qilingan, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar