Avvalroq OAV Rossiyaning barcha radiostansiyalari Alla Pugachyova hamda Valeriy va Konstantin Meladzelarning qo`shiqlarini efirdan olib tashlagani haqida xabar bergan edi. Rossiya media guruhi vakillariga ko`ra, "Rossiya radiosi" radiostansiyasi efirida Alla Pugachyova qo`shiqlarining yo`qligi "xonandaning tomoshabinlar talabiga javob beradigan yangi qo`shiqlari yo`qligi" bilan bog`liq.
"Rossiya media guruhi" vakillari xonanda Alla Pugachyovaning qo`shiqlarning efirda yo`qligini yangi kompozisiyalarning yo`qligi bilan izohlashgan.
“Agar Alla Pugachyovaning qo`shiqlari haqida gapiradigan bo`lsak, uning qo`shiqlari Rossiya radiosi efirida anchadan beri yo`q edi va bu xonandaning tomoshabinlar talabiga javob beradigan yangi qo`shiqlarining yo`qligi bilan bog`liq. Ijrochilarning boshqa radiostansiyalar efiridan g`oyib bo`lishiga kelsak, bu ularning shaxsiy biznesi va efir siyosati",-deydi ular.
Rus nashrlarining yozishicha, shu jumladan, Valeriy va Konstantin Meladzelarning qo`shiqlari ham efirdan olib tashlagan.