AsosiySiyosat

"Bahsli hududlarning deyarli 99 foizi bizga o`tdi". Qirg`iz prezidenti qizg`in muhokama qilinayotgan Kаmpirobod suv ombori bo`yicha O`zbekiston bilan kelishuv haqida gapirdi

'"Bahsli hududlarning deyarli 99 foizi bizga o`tdi". Qirg`iz prezidenti qizg`in muhokama qilinayotgan Kаmpirobod suv ombori bo`yicha O`zbekiston bilan kelishuv haqida gapirdi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti O`zbekiston bilan yaqinda qizg`in muhokama qilinayotgan Kempirobod suv ombori bo`yicha kelishuv haqida gapirdi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar bermoqda. 

“Xudo xohlasa, yaqin kunlarda kelishuv imzolanib, ratifikasiya qilinib, parlament tomonidan ma`qullangach, jamiyat qaysi erlar bizga o`tganini bilib oladi, Xalqdan sabr va kutishlarini so`rayman. Umuman olganda, bahsli hududlarning deyarli 99 foizi bizga o`tdi. O`zbekiston nazorati ostida bo`lgan bo`lsa, endi 50/50 ulushga ega bo`lgan korxona tashkil etilishi haqida kelishib oldik va uni birgalikda boshqariladi", degan Sadir Japarov. 

"Muzokaralar natijasida suv sathi 908-gorizontaldan 900-ga tushirildi. Natijada suv ombori qirg`oqlari bo`ylab 1246 gektar er bo`shatildi – o`zimizga o`tadi. Bu erlardan mahalliy aholimiz doimo qishloq xo`jaligi maqsadlarida foydalanadilar", - deya qo`shimcha qildi Qirg`iz prezidenti. 

Sadir Japarov O`zbekiston bilan chegara bo`yicha kelishuv Qirg`iziston uchun juda foydali, deb ishontirdi. Uning so`zlariga ko`ra, qarorning to`g`ri bo`lganini, amaldagi hokimiyatning ishi davlat manfaati yo`lida bo`lganini 100 yildan keyin ham tarix tasdiqlaydi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar