AsosiyJamiyat
5432

13 nafar bola Germaniyada davolanib qaytdi

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturiga muvofiq bolalarni mamlakatimiz va xorijiy klinikalar hamda tibbiyot markazlarida sog`lomlashtirishga ko`maklashish bo`yicha tibbiyot dasturlarini amalga oshirmoqda. 

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va “Friendsdorf International” xalqaro tashkiloti ko`magida Germaniyaga yuborilgan 13 bola davolanib yurtimizga qaytdi. 

Ta`kidlash kerakki, fondning “Friendsdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorligi samarasida 2002-2016 yillarda 320 dan ziyod o`zbekistonlik bolaga Germaniya klinikalarida zarur tibbiy yordam ko`rsatildi. 2016 yilda “Tekis oyoqlar” loyihasi doirasida tug`ma ortoped xastaliklari bilan kasallangan 15 yoshgacha bo`lgan 128 bola operasiya qilindi. 

O`z salomatligini tiklab yurtimizga qaytib kelgan bolalar orasida Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidan Malika G`olibova ham bor. U to`rt yoshida baxtsiz hodisa tufayli jiddiy kuygan. Poytaxtimiz klinikalarida teri ko`chirish bo`yicha bir necha bor operasiya qilindi. Yil davomida Germaniya klinikalari shifokorlari ham qizchani sog`lomlashtirishga yordam berdi.

Boshqa yangiliklar