AsosiyJamiyat

Toshkentda dahshatli YTHni keltirib chiqargan BMW haydovchisi voqea qanday bo`lganini gapirib berdi (video)

'Toshkentda dahshatli YTHni keltirib chiqargan BMW haydovchisi voqea qanday bo`lganini gapirib berdi (video)'ning rasmi

9 oktyabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasida 4 ta mashina ishtirokida ayanchli avtohalokat sodir bo`lgan edi. Kameraga tushib qolgan tasvirlarga ko`ra, YTHga BMW rusumli avtomashina haydovchisi sababchi bo`lib, boshqaruvni yo`qotishi natijasida qarama-qarshi yo`lga o`tib ketgan va yana 3 ta mashinaga borib urilgan. Hodisa oqibatida "Nexia-3"da bo`lgan ikki nafаr odam voqea joyida vafot etgan edi. 

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, BMW haydovchisi qamoqqa olingan. Aybdor hodisa qanday bo`lganini gapirib berdi va marhumlarning yaqinlaridan uzr so`radi. 

"Men o`z yo`limda kelayotgan edim, oldimdagi "Gentra" o`rta yo`lga o`tdi, birozdan keyin yana mani yo`limga qaytdi. Unga urilmaslik uchun tormozni bosdim, qolganini eslay olmayman. Endi shu ahvolda buyog`iga qanday yashayman, men odamlarni shunday qilaman deb yo`lga chiqmagan edim, marhumlarning oila a`zolaridan uzr so`rayman", - deydi BMW haydovchisi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar