O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi.
O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhimligiga e`tibor qaratdi.
"Bu mamlakat xalqaro terroristik markazga aylanmasligi uchun zarur", - dedi Mirziyoev.
Qayd etilishicha, Afg`oniston muvaqqat hukumati bilan o`zaro hamkorlik bo`yicha umumiy, kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish zarur.
O`zbekiston rahbari Afg`oniston hukumati majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusi bilan Osiyo davlatlarining BMT Bosh Assambleyasiga qo`shma murojaati imkoniyatini ko`rib chiqishni taklif qildi.
“Biz radikal g`oyalarning keng tarqalishiga tobora ko`proq duch kelyapmiz. Targ`ibot va mafkuraviy ta`sirning yangi usullaridan foydalanib, buzg`unchi kuchlar yoshlarni ekstremistik tashkilotlarga faol jalb qilmoqda. Bu borada yoshlarimizni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g`ayratini konstruktiv yo`lga yo`naltirish maqsadida tizimli hamkorlikni yo`lga qo`yishimiz zarur", - dedi Prezident.