Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.
A.Mirzaev 1971 yilda tug`ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-moliyachi. Turli yillarda Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Deputatlar Akmal Mirzaev nomzodini tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqladi.
Shuningdek, xalq deputatlari Farg`ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hamidullo Tojievich Inomov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
H. Inomov 1982 yilda Farg`ona viloyati Buvayda tumanida tug`ilgan. U O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma`muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
17.12.2022, 10:55
Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib, ozodlikdan...28.11.2022, 09:55
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...07.09.2022, 10:08
Avval xabar qilganimizdek, 2022 yil 21 iyul kuni Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida baxtsiz hodisa sodir bo`lib, uning oqibatida 23-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining 4 yoshli...16.08.2022, 18:16
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Farg`ona viloyatining O`zbekiston, Uchko`prik, Dang`ara, Farg`ona, Toshloq, Qo`shtepa tumanlari, Qo`qon, Marg`ilon va Farg`ona shaharlari hududi chegaralarini...