Bugun, 6 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosh vazir Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
“Islom Abdug`anievich Karimov mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga mustahkam asos soldi. Ikki davlat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini qayta tikladi", —deya ta`kidladi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putin o`z nutqida o`zbek xalqi va hukumati Rossiyaga ishonchli do`st sifatida bemalol tayanishi mumkinligini aytib o`tdi.
“Tabiiyki, Prezident Islom Karimov tomonidan qilingan ishlar davom etishiga umid qilamiz”,—dedi Putin.