Bugun, 17 noyabr kuni Qirg`iziston parlamentida O`zbekiston bilan chegara bo`yicha kelishuvlarni ratifikasiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Unda prezident Sadir Japarov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Deputatlar Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasi to`g`risidagi kelishuv va Kempir-Obod suv omborini birgalikda boshqarish to`g`risidagi bitimni ovozga qo`yishadi. Ikkala respublika rasmiylari erishilgan kelishuvlar o`zaro manfaatli, deb hisoblaydi.
"Orto-Tokoy (Kosonsoy) suv ombori O`zbekistonga berilgani haqidagi gaplar yolg`on, u butunlay bizniki bo`lib qolmoqda, dedi Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashiev parlamentdagi hisobotida.
Sadir Japarov qirg`iz-o`zbek chegarasi bo`yicha kelishuvlarni muvaffaqiyatli va Qirg`iziston uchun foydali deb atadi. Uning so`zlariga ko`ra, bugun tarixiy kun, chunki O`zbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qo`yilmoqda.
“Kelishuvlar tarix tomonidan baholanadi”, dedi Japarov.
Qirg`iziston prezidenti bugun Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasi bo`yicha kelishuv ko`rib chiqilayotgan parlamentga nima sababdan kelganini tushuntirdi. U O`zbekiston taraqqiyotda 30-40 yil oldinga o`tganini aytgan.
"O`zbek tomoni rahbari yaxshi ishlaydi. Demak, O`zbekiston bizdan 30-40 yil oldinda. Men samolyotlar, vertolyotlar haqida gapirmayapman, 30 yil ichida biz hatto gugurt zavodi ham qurmadik. - dedi Sadir Japarov.
Agar u ratifikasiya qilinsa, Qirg`iziston va O`zbekiston chegaralarni delimitasiya qilishni yakunlaydi. Sadir Japarov nima uchun O`zbekiston bilan chegara masalasini hal qilishni keyinga qoldirish mumkin emasligini tushuntirdi.
“Agar biz bu masalani hozir hal qilmasak, bunday muvaffaqiyatli kelishuvga erishish qiyin bo`ladi, balki imkoniyat ham bo`lmaydi, qo`shni davlatlarda yildan-yilga aholining er maydoni kamayib bormoqda. Agar masalani hal qilishni keyinga suradigan bo`lsak, kelajakda nafaqat 19 ming gektar, balki yuz kvadrat metr uchun ham qon to`kilishi mumkin. Chegaradagi mojarolar tufayli 30 yil ichida qancha tinch aholi va chegarachilar halok bo`lganini o`zingiz ham bilasiz”, — dedi prezident.
Qirg`iziston va O`zbekiston chegarani delimitasiya va demarkasiyadan o`tkazgandan so`ng 6-7 o`tkazish punktini ochadi, dedi Sadir Japarov parlamentda. Hozirda ikki davlat chegarasida jami 15 ta nazorat punkti mavjud. Ammo ko`pchilik hozir ishlamayapti.
Qirg`iziston parlamenti oldiga katta ekran o`rnatildi. Tarixiy uchrashuv Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasi bo`ylab translyasiya qilinmoqda.
06.02.2023, 13:36
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...06.02.2023, 09:34
Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...04.02.2023, 10:59
DXX tomonidan Farg`ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida narkotik moddalar musodara qilindi, deya xabar berdi "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati. Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro...04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...