1

O`zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etmoqda — Moliya vazirligi

Iqtisodiyot 22.11.2022, 09:18
O`zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etmoqda — Moliya vazirligi

2022 yilning 1 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Shundan 23,36 mlrd dollar mamlakatning tashqi qarzi, 2,77 mlrd dollar ichki qarzi hisoblanadi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida qayd etildi. 

Ma`lum qilinishicha, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021 yil boshida 39,0 foizdan (2021 yil yakunida – 38,0 foiz) 2022 yilning 1 iyul holatiga 35,1 foizgacha pasaydi. Xalqaro valyuta jamg`armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag`ishlangan hisobotiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “mo``tadil” darajada hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 2022 yil I yarim yilligi yakuni bo`yicha jami davlat tashqi qarzining 25,8 foizi yoki 6,0 mlrd. AQSh dollari davlat byudjetini qo`llabquvvatlashga, 11,8 foizi yoki 2,7 mlrd. AQSh dollari elektr-energetika sohasiga, 12,8 foizi yoki 3,0 mlrd. AQSh dollari energetika sohasiga, 10,6 foizi yoki 2,5 mlrd. AQSh dollari transport va transport infratuzilmasiga, 10,4 foizi yoki 2,4 mlrd. AQSh dollari qishloq va suv xo`jaligiga, 9,5 foizi yoki 2,2 mlrd. AQSh dollari uy-joy kommunal xo`jaligi sohalariga yo`naltirilgan mablag`lar hissasiga to`g`ri keladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1