AsosiyJamiyat

Toshkentda bloger 15 yoshli bolaning o`limi sabab ichki ishlar vaziri iste`fosini so`rab, piket uyushtirdi

'Toshkentda bloger 15 yoshli bolaning o`limi sabab ichki ishlar vaziri iste`fosini so`rab, piket uyushtirdi'ning rasmi

Farg`onadagi IIB muassasasida15 yoshli voyaga etmagan shaxsning jasadi chiqqani hodisasi sabab Toshkentda bloger ichki ishlar vaziri iste`fosini talab qilib, piket uyushtirdi.

Ma`lum qilinishicha, bloger va publisist Shokir Sharipov ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov iste`fosini talab qilmoqda. U ichki ishlar tizimidan norozilik shaxsiy sabablar emas, fuqarolik pozisiyasi bilan bog`liq, deydi. Tizimni isloh qilish yo`lidagi ishlar bir joyda depsinib turgani, ayniqsa, ichki ishlar binolaridan insonlarning murdasi chiqayotgani Sharipovni tashvishga solgan. Qo`qon shahar Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli markazda 15 yashar bolaning urib o`ldirilgani esa blogerni piket o`tkazishga undagan asosiy omil bo`lgan. 

"Bu chiqishimning foydasi bor. Agar bunday holatlarga men munosabat bildirmasam, boshqa munosabat bildirmasa, bunday hodisalar har kim bilan, men bilan ham sodir bo`lishi mumkin. Aslida 15 yoshli bolaning o`limi uchun ichki ishlar vazirining o`zi man shu erga chiqib, xalqdan uzr so`rab, iste`fo berishi kerak edi. Biz bu tizimda islohotlar ko`rmayapmiz, agar islohotlar bo`lganda edi, men bu erga chiqmagan bo`lardim", - deydi Shokir Sharipov 

Eslatib o`tamiz, Farg`onada 15 yoshli voyaga etmagan shaxs joriy yil 17 oktyabr kuni Farg`ona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlarkeng muhokamalarga sabab bo`ldi. Holat o`rganilib, ushbu hodisasi ortidan ikki nafar xodim ishdan olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar