Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
26 noyabr kuni A-373 Toshkent-O`sh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oralig`ida "Isuzu" avtobusi va yuk mashinasi to`qnashib, oqibatda 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 38 nafar yo`lovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratida bo`lgan ushbu bemorlardan 4 nafariga tibbiy xulosalar ijobiy bo`lgani uchun ambulator sharoitda davolanish uchun uyiga ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, o`ta og`ir ahvoldagi yana bir nafar bemor amalga oshirilgan reanimasion choralarga qaramasdan vafot etdi.
Ushbu fuqaro shifoxonaga "Bosh miyaning og`ir darajada lat eyishi. Miya o`zagi shikastlanishi. Qorin bo`shlig`i a`zolari yopiq jarohati. Jigar segmentlarining ezilib yorilishi. Chap bilak suyagining ochiq sinib siljishi. O`ng boldir sohasi old yuzasi va o`ng qo`l tirsak sohalarining 2-darajali kuyishi. 3-darajali travmatik shok" tashxisi bilan olib kelingan edi. Unda belgilangan standartlar bo`yicha barcha zarur amaliyotlar o`tkazilgan.
Hozirda 33 nafar bemorda shifokorlar zarur muolajalarni davom ettirmoqda.
Nazoratda turgan bemorlarning 11 nafari RShTYoIM Andijon filialida, 16 nafari Asaka tumani, 4 nafari Bo`ston tumani, 2 nafari Shahrixon tumani shoshilinch tibbiy yordam bo`limlarida davolanmoqda.
Ushbu bemorlarning 1 nafari o`ta og`ir, 5 nafari og`ir ahvolda. Sog`liqni saqlash vazirligi ularning holatini to`liq nazoratga olgan bo`lib, bemorlar zarur tibbiy yordam va dori-darmonlar bilan to`liq ta`minlangan.
06.02.2023, 13:36
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...01.02.2023, 09:59
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...30.01.2023, 12:13
Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...