Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva qizi Sa`diyaning tug`ilgan kuniga bir qancha san`atkor hamkasblari va ularning farzandlarini taklif qildi. Tug`ilgan kunga aktrisa Sevara Solieva, xonandalar Madina Mumtoz, Ruhshonalar farzandlari bilan kelishdi.
“Bugun hayotimda Olloh tomonidan berilgan mo`jizaviy, til bilan ta`riflab bo`lmaydigan haqiqiy baxt nima ekanligini his etgan kunimga 1 yil bo`libdi.
Bugun ko`zimning oqu-qorasi Sa`diya qizim 1 yoshga kirdi. Ollohga hamdu-sanolar bo`lsin, shunday ulkan baxtni menga bergani uchun! Sa`diya meni baxtim, meni dunyoim, hayotimni mazmuni!”,—deb yozdi aktrisa o`zining Instagram`dagi sahifasida.