AsosiyHi-Tech

Haqoratli izoh yozgan foydalanuvchilar YouTube tomonidan jazolanadi

YouTube video platformasi tarmoqda bildirilgan haqoratli izohlar uchun foydalanuvchilarga...

'Haqoratli izoh yozgan foydalanuvchilar YouTube tomonidan jazolanadi'ning rasmi

YouTube video platformasi tarmoqda bildirilgan haqoratli izohlar uchun foydalanuvchilarga nisbatan chora ko`rishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, izohlarda haqoratli so`zlarni yozgan foydalanuvchilarga nisbatan avval ogohlantirish beriladi va agar bu yana takrorlanadigan bo`lsa, sharh muallifi bir kunga bloklanadi. Dastlab yangi funksiya faqat xizmatning ingliz tilidagi segmentida ishlaydi.

Agar tizim foydalanuvchining bir nechta sharhlarini haqorat bilan o`chirib tashlagan bo`lsa, unga ogohlantirish beriladi va takroriy qoidabuzarliklar bo`lsa, 24 soat davomida blokirovka qilinadi. YouTube’ga ko`ra, bunday choralar foydalanuvchilarning shu kabi xatti-harakatlarini takrorlash ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, platforma 2022 yilning birinchi yarmida 1,1 milliarddan ortiq spam-sharhlarni o`chirib tashlaganligi haqida xabar berdi. Ishlab chiquvchilarning ta`kidlashicha, YouTube xizmatlari bunday xabarlarni tanib olish va yo`q qilishda tobora yaxshilanib bormoqda. Spam-xabarlar nafaqat videolar ostidagi sharhlarda, balki jonli chat bo`limlarida ham yo`q qilinadi.

    Boshqa yangiliklar