AsosiyHi-tech
3815

Telegramda yangi firibgarlik sxemasi paydo bo`ldi

'Telegramda yangi firibgarlik sxemasi paydo bo`ldi'ning rasmi

Telegram foydalanuvchilari yangi firibgarlik sxemasiga duch kelishdi, bunda onlayn so`rovnomada ishtirok etish, ovoz berishni tasdiqlash uchun foydalanuvchidan shaxsiy ma`lumotlarini kiritish so`raladi, shundan so`ng firibgarlar akkauntga kirish huquqiga ega bo`ladi.

Xabarda aytilishicha, so`nggi vaqtlarda telegram-akkauntni «o`g`irlash»ning yangi usullari ko`paymoqda. Bu — eng xavfli turlaridan biri. Ya`ni, Sizga tanishlaringizdan, kontaktlaringiz ro`yxatidan kimdir qandaydir onlayn so`rovnomada ishtirok etishni iltimos qiladi va saytga havola yuboradi.

Ovozlar sonini hisoblash uchun Siz telefon raqamingizni va tasdiqlash kodini kiritishingiz kerak bo`ladi. Shu tariqa firibgar akkauntingiz boshqaruvini qo`lga oladi. 

️"Hech qachon tekshirilmagan havolalarga, veb-resurslarga shaxsiy ma`lumotlaringizni, bank kartangiz ma`lumotlarini va SMS tarzda jo`natilgan tasdiqlash kodini kiritmang. Ehtiyot bo`ling, firibgarlar tuzog`iga tushib qolmang!",–deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar