AsosiyDunyo

Putin Ukrainaga o`t ochishni vaqtincha to`xtatish haqida buyruq berdi. Sababi…

'Putin Ukrainaga o`t ochishni vaqtincha to`xtatish haqida buyruq berdi. Sababi…'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar 24:00 gacha Ukrainada o`t ochishni to`xtatish rejimini joriy etish bo`yicha topshiriq berdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

“Hazrati Patriarx Kirillning murojaatini inobatga olib, Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziriga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi tomonlar o`rtasidagi barcha aloqa chizig`i bo`ylab o`t ochishni to`xtatish rejimini joriy etishni topshiraman”, - deyiladi bayonotda.

Kremlning ta`kidlashicha, pravoslavlikni tan olgan ko`plab fuqarolar jangovar hududlarda istiqomat qiladi, shuning uchun Rossiya Ukraina tomonini ularga "Rojdestvo arafasida, shuningdek, Masihning tug`ilgan kunida marosimlarda qatnashish" imkoniyatini berishga chaqiradi.

 

    Boshqa yangiliklar