1

Navoiyda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoydan turbina va generatorlar olib kelinmoqda

Iqtisodiyot 19.01.2023, 12:10
Navoiyda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoydan turbina va generatorlar olib kelinmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”  kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, "Masdar" va Xitoyning "Goldvind" kompaniyalari o`rtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolangan.

Shunga ko`ra, Xitoyning Lanjou shahridan O`zbekistonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo`lib hisoblanadi.

Stansiya to`liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.


 

Eslatib o`tamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020 yil 22 dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1