1

iPhone 15'ning narxi qancha bo`ladi? Ma`lumotlar paydo bo`ldi

Hi-tech 20.01.2023, 10:38
Teglar: iPhone 15
iPhone 15'ning narxi qancha bo`ladi? Ma`lumotlar paydo bo`ldi

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Ultra qancha turishi mumkinligi haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi.

iPhone 15 Pro va 15 Ultra eski iPhone 14 modellariga qaraganda 100 dollarga qimmatroq bo`ladi. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog`idagi Texnologiyalar oynasi Apple o`zining yangi iPhone 15 flagmanlari narxini oshirishi haqida xabar berdi. Ta`kidlashicha, yangi iPhone'ning barcha modellari istisnosiz chegirmali narxda sotiladi.

Window of Technology ma`lumotlariga ko`ra, ishlab chiqaruvchi iPhone 15 liniyasi flagmanlari – Pro va Ultra uchun narxlarni oshiradi. Ular eski iPhone 14 modellaridan 100 dollar qimmatroq bo`ladi. Shunday qilib eski  va yangi iPhone 15 modellari o`rtasidagi narx farqi taxminan 300 dollarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, Apple kompaniyasining bunday siyosati potensial xaridorlar e`tiborini iPhone 15 va iPhone 15 Plus modellariga qaratish maqsadida qilingan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1