1

"Uzbekistan Airways" "Airbus" bilan 12 ta samolyot sotib olish bo`yicha shartnoma imzoladi

Iqtisodiyot 21.01.2023, 10:13
"Uzbekistan Airways"  "Airbus" bilan 12 ta samolyot sotib olish bo`yicha shartnoma imzoladi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi "Airbus" aviasozlik kompaniyasi bilan "A320neo" oilasiga mansub 12 ta samolyot, shundan sakkizta A320neo va to`rtta A321neo xarid qilish bo`yicha shartnoma imzoladi. 

Ma`lum qilinishicha, xarid qilinadigan havo kemalari "Airbus Airspace" saloniga ega bo`lib, u yo`lovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yo`nalishlar tarmog`ini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. 

"Airbus" bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizasiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi bo`lib, yo`lovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasida mavqemizini yanada yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi", deydi «Uzbekistan Airways» AJ Boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.  

 

"Uzbekistan Airways" bilan hamkorligimiz 1993 yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana A320neo oilasiga mansub havo kemalarini tanlagani biz uchun katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. A320neo oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari "Uzbekistan Airways" kompaniyasiga ushbu o`sishdan foyda olish va mintaqada etakchi rollardan birini egallash imkonini beradi", - deydi "Airbus" kompaniyasining Bosh tijorat direktori va Xalqaro bo`limi boshlig`i Kristian Sherer.

Ta`kidlanishicha, A320neo oilasi yonilg`i tejamkorligi CO2 (karbonat angidrid) chiqindilarining kamida 20 foizini ta`minlaydigan yangi avlod dvigatellari va Sharklets kabi eng so`nggi texnologiyalarni o`z ichiga oladi. 130 dan oshiq mijozlarning 8600 dan ortiq buyurtma olgan A320neo oilasi dunyodagi eng mashhur havo kemasi hisoblanadi.  

Ma`lumot uchun, hozirda "Uzbekistan Airways" parkida 17 ta "Airbus" samolyoti mavjud.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1