Ukraina Prezidenti va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo`mondoni Vladimir Aleksandrovich Zelenskiy 1978 yil 25 yanvar kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Krivoy Rog shahrida dunyoga kelgan. Bugun u o`zining 45 yoshini nishonlamoqda.
Otasi - Aleksandr Semenovich Zelenskiy, matematik, dasturchi, texnika fanlari doktori, professor, kompyuter fanlari kafedrasi mudiri va o`g`li tahsil olgan universitetning o`qituvchisi bo`lgan. Onasi - Rimma Vladimirovna Zelenskaya, muhandislik ma`lumotiga ega. Ayni dam esa nafaqada.
Vladimir Zelenskiy ota-onasi bilan to`rt yil davomida otasi ishlagan Mo`g`ulistonda yashagan. U erda birinchi sinfni tugatgan, shundan so`ng Vladimir va uning onasi Ukrainaga qaytib kelishgan. U 95-maktabda ingliz tilini chuqur o`rgangan. Maktab yillarida u yunon-rum kurashi, og`ir atletika bilan shug`ullangan, markalar yig`gan, pianino chalgan, bal raqslari bilan shug`ullangan, basketbol va voleybol o`ynagan. Bundan tashqari havaskorlik spektakllarida qatnashgan, maktab ansamblida gitarachi bo`lgan. 16 yoshida u Isroilda bepul ta`lim olish uchun grant olgan, ammo otasi bunga qarshilik qilgan.
1995 yilda maktabni tamomlagan va 2000 yilda Kiev xalq xo`jalik universiteti talabalari qatoridan joy olgan. Lekin hech qachon o`z kasbi bo`yicha ishlamagan. Prezident etib saylanishidan oldin u shoumen, qiziqchi, kinoaktyor, dublyaj aktyori, kinorejissyor, ssenariy muallifi, kino va televidenie prodyuseri, teleboshlovchi, qo`shiqchi va parodist sifatida tanilgan.
1997-2003 yillar - aktyor, ssenariy muallifi, quvnoq va zukkolarda "95-chorak" jamoasining badiiy rahbari.
2003-2011 yillar - 95-kvartal "Studio" mas`uliyati cheklangan jamiyatida badiiy rahbar.
2011-2012 yillar - "Inter" telekanali xususiy aksiyadorlik jamiyatida bosh prodyuser.
2013-2019 yillar - 95-kvartal "Studio" mas`uliyati cheklangan jamiyatida badiiy rahbar.
“Yoshlar markazi “Kulgi ligasi” NNT asoschisi.
Ijodiy fondda 10 ta to`liq metrajli badiiy filmlar mavjud. Ukraina Milliy televideniesi "Teletriumf" mukofotining 30 dan ortiq mukofotlari sovrindori. Shuningdek, u ko`plab xalqaro kino, telefestivallar va media-forumlarning mukofotlari va laureatidir.
U “Xalq xizmatkori” teleserialida bosh rolni ijro etgan, u WorldFest Remi mukofotini qo`lga kiritgan (AQSh, 2016 yil) va Seul xalqaro drama mukofotlari (Janubiy Koreya)da komediya yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi to`rtta finalchidan joy olgan. Shuningdek, “Xalq xizmatchisi” Gamburgda (Germaniya) bo`lib o`tgan WorldMediaFestival xalqaro mediakontent festivalida “Ko`ngilochar televizion seriallar” nominasiyasida Intermedia Globe SILVER mukofoti bilan taqdirlandi.
Donbasdagi jangovar harakatlar boshidanoq u "95-Kvartal" studiyasi bilan birgalikda armiyaga yordam bergan. Aktyorlar jangchilarga mablag` va jihozlar topshiradi, front chizig`i va turli harbiy qismlarga konsert dasturlari bilan tashrif buyuradi.
2015-2018 yillar davomida Vladimir Zelenskiy "Sluga naroda" teleserialida Ukraina prezidenti etib saylangan tarix o`qituvchisi Vasiliy Goloborodko rolini o`ynagan. Teleserial bir necha bor siyosiy reklamada ayblangan.
U siyosiy faoliyatini 2019 yilda boshlagan. 2019 yil 21 aprelda bo`lib o`tgan navbatdagi saylovda u 73,22 foiz saylovchilarning qo`llab-quvvatlashiga erishib, Ukraina Prezidenti etib saylandi. 20 may kuni u Ukraina xalqi oldida davlat rahbari sifatida qasamyod qildi.
Vladimir ZelenskiyUylangan. Xotini - Elena Vladimirovna Zelenskaya. Aleksandra ismli qizi va Kiril ismli o`g`li bor.
"Time" jurnali ma`lumotlariga ko`ra, Zelenskiy 5% ovoz (3,3 milliondan ortiq o`quvchi) bilan 2022 yilning eng nufuzli shaxsiga aylandi. 2022 yil 12 iyun kuni u Boris Nemsov nomidagi "Jasorat uchun" mukofoti laureati bo`ldi. 2022 yilda u The Jerusalem Post nashriga ko`ra yilning eng nufuzli yahudiyiga aylandi.