1

“O`zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” tomonidan Ustyurt regionida gaz qazib chiqarish va zaxira hajmini oshirish borasida bajarilayotgan ishlar holati o`rganilmoqda

Iqtisodiyot 27.01.2023, 10:06
“O`zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” tomonidan Ustyurt regionida gaz qazib chiqarish va zaxira hajmini oshirish borasida bajarilayotgan ishlar holati o`rganilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida o`tkazilgan qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig`ilishida quyilgan vazifalar, shuningdek Prezident Administrasiyasi rahbari boshchiligida energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarishga amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o`rganilmoqda.

“O`zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari Ustyurt regionida bo`lib, anomal sovuq harorat davom etayotgan davrda boshqarmada 2023 yilda rejalashtirilgan geologik texnik tadbirlar ijrosi, xususan uglevodorodlar zaxiralarini ko`paytirish, konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish hamda texnologik ob`ektlarni ishga tushirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda joylarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Nazorat ishlari Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o`stirish Dasturi doirasidagi ishlarni joyidan nazorat qilish maqsadida mavjud konlarning quyi qatlamlari istiqbolligini o`rganish bo`yicha burg`ilanayotgan “Quyi Sharqiy Berdax” 5-sonli, “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli izlov qidiruv quduqlaridagi burg`ilash jarayonlari holatini o`rgandi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida konlardan gaz qazib chiqarishni oshirish yo`nalishida burg`ilashdan ishga tushiriladigan “Sharqiy Berdax” 100-sonli, “Quyi Sharqiy Berdax” 11-sonli ishlatish quduqlarida burg`ilash bo`yicha olib borilayotgan ishlar joyidan nazorat qilindi.

Ta`kidlash kerakki, gaz qazib chiqarishning barqarorligini ta`minlashda quduqlarni kapital ta`mirlash ishlari ham muhim ahamiyatga ega va ushbu yo`nalishdagi ishlar holatini o`rganish uchun “Ishchi guruh” a`zolari “Sharqiy Berdax” konidagi 32, 33 va 35-sonli quduqlarida bo`ldi.

Shundan so`ng, “Sharqiy Arslon” istiqbolli maydonidagi 1-sonli izlov-qidiruv qudug`ini burg`ilash ishlari ham joyidan o`rganildi. O`rganishlar davomida shu erda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning ish va yashash sharoitlari ham ko`rib chiqildi. Sovuq havo haroratini inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Ish maydonlarida pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, “O`zbekneftgaz” AJ departamentlari va Ustyurt boshqarmasi rahbarlariga har bir quduq kesimida amalga oshirilayotgan burg`ilash ishlariga mas`ullarni biriktirish, ular tomonidan doimiy nazorat qilishni tashkil etish, zarur moddiy-texnik resurslarni etkazib berish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Shuningdek, pudratchi tashkilotlar rahbarlarining quduqlarni o`z vaqtida ishga tushirish bo`yicha mas`ulligi ta`kidlab o`tildi.

 

2023 yilda Ustyurt boshqarmasida geologik texnik tadbirlar doirasida jami 102 ta tadbirlar, bunda;

- 30 ta, shu jumladan 7 ta izlov-qidiruv quduqlarini burg`ilash;

- 67 ta quduqlarda kapital ta`mirlash va intensifikasiya ishlarini amalga oshirish;

- 5 ta texnologik ob`ektlarni ishga tushirish, natijada 1,8 mlrd kub metr tabiiy gaz va 15,8 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish rejalashtirilgan.

2023 yil yanvar oyining boshidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo`yicha jami 3 ta shulardan 2 ta yangi, ya`ni “Quyi Surgil” 24 va 26-sonli quduqlar burg`ilash ishlaridan va yana 1 ta – “Sharqiy Berdax” 5-sonli qudug`i kapital ta`mirlash ishlaridan so`ng ishga tushirilib, natijada kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 850 ming kub metrga oshirishga erishildi.

“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1