Avvalroq, Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar “Temir jol” MFYda joylashgan ko`p qavatli uyda portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur hodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi.
Unda aytilishicha, uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari o`pirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan.
Xodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, ya`ni 2003 yilda tug`ilgan S.Sh. va 2004 yilda tug`ilgan Z.A., kuyish jaroxati olgan va zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi filialiga yotqizilgan.
Ushbu voqea yuzasidan Tezkor shtab tuzilgan va uning boshchiligida baxtsiz xodisa sodir bo`lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shu jumladan ushbu uyda yashovchi fuqarolar xatlovdan o`tkazilib, o`pirilgan tom va pol qismlari tagida fuqarolar bor-yo`qligiga aniqlik kiritish bo`yicha choralar ko`rilmoqda.
Shuningdek, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fukarolar evakuasiya qilinib, vaktinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan ta`minlandi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.