Qozog`istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda (video)

Dunyo 02.02.2023, 11:56
Teglar: Video, Qozog`iston, toshqin
Qozog`istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda (video)

Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma`lumotni Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.

Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv toshqini sodir bo`ldi. Bular viloyatning Baydibek, O`rdabasin va Sauran tumanlaridir, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

"Haroratning keskin ko`tarilishi qorning erishiga olib keldi. Toshqinlar bo`lgan hududga barcha zarur texnika va xodimlar jo`natildi", - dedi Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Ruslan Imonqulov.

Suv chiqarish ishlariga 50 dan ortiq qutqaruvchi, 10 ta texnika va 20 ta motor nasoslari jalb qilingan.

 

Sharhlar

Toshkentdan Koreyaga borgan qozog`istonliklar deportasiya qilingach, aeroportda qochib ketdi (video)

01.04.2023, 11:02

Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...
⚡Chorvoqdan odam suyaklari topildi

28.03.2023, 08:58

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...
Istanbulda turk erkak o`zi bilan birga yashab kelgan o`zbekistonlik 40 yoshli ayolni o`ldirib, bo`laklarga bo`lib, muzlatkichga solib qo`ydi (vieo)

24.03.2023, 19:56

Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....
Istanbulda o`zbekistonlik erkak rashk sabab ayolni pichoqlab o`ldirdi (video)

15.03.2023, 12:05

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...