AsosiyJinoyat

Andijonda shifoxonaga olib kelingan 5 yoshli bola vafot etdi

'Andijonda shifoxonaga olib kelingan 5 yoshli bola vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar piramida 5 yoshli qizning o`limiga sababchi bo`lganlar qonun oldida javob berishi kerakligi aytilgan xabar tarqaldi. 

Ushbu xabar yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan 2022 yil 30 dekabr kuni Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan "Kasb yuzasidan o`z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik" jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar