1

⚡️Turkiyadagi zilzila joyidan ikki o`zbekistonlik topildi, yana 13 nafarini qidirish ishlari davom ettirilmoqda

Dunyo 07.02.2023, 20:04
⚡️Turkiyadagi zilzila joyidan ikki o`zbekistonlik topildi, yana 13 nafarini qidirish ishlari davom ettirilmoqda

2023 yil 7 fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgani, 15 nafar vatandoshlarimiz qidirilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Hozirda bulardan 2 nafari bilan aloqa o`rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda. 

Shuningdek, 17 nafar vatandoshlarimizni (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir bo`lgan hududdan Istanbulga kelishlariga yordam ko`rsatildi.

Qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog`ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o`zbeklar istiqomat qiladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1