⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

Dunyo 08.02.2023, 10:49
Teglar: Suriya, Zilzila, Turkiya
⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda 5 ming 894 kishining hayotdan ko`z yumdi, 34 ming 810 kishi jarohatlandi, 8 ming kishi esa vayronalar ostidan qutqarilgan.

Zilzila Qahramanmarash, Kilis, Diyarbakir, Adana, Osmaniya, Gaziantep, Shanliurfa, Adıyaman, Malatya va Hatayda vayronagarchiliklarga olib keldi.

Shuningdek, Suriyada ham zilzila talofatlari kengayib bormoqda. Hozirga qadar Suriyada 1932 kishi halok bo`lgani tasdiqlangan. Yana 2 mingdan ortiq odam jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma`lum qilinishicha, bu raqam yakuniy emas va o`sishda davom etadi, chunki qisman vayronalar ostida hali ham odamlar bor. Qishki sovuqlar sharoitida ularni u erdan tiriklayin olish uchun kamroq imkoniyatlar mavjud.

Suriyada falokat yillar davomida davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli yanada kuchaymoqda: ko`plab binolar zilziladan allaqachon shikastlangan va qulagan, qutqaruvchilar va insonparvarlik yordamlarining ko`p hududlarga kirishi qiyin.

Eslatib o`tamiz, 6 fevralga o`tar kechasi Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep yaqinida 7,8 magnitudali birinchi zilzila sodir bo`ldi. Bir necha soat o`tgach, 7,5 magnitudali yangi zilzila sodir bo`ldi.

bu raqam yakuniy emas va o`sishda davom etadi, chunki qisman vayronalar ostida hali ham odamlar bor. Qishki sovuqlar sharoitida ularni u erdan tiriklayin olish uchun kamroq imkoniyatlar mavjud.

Sharhlar

Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi jangda halok bo`ldi (video)

07.09.2023, 13:15

Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...
Turkiyaning birinchi Togg elektromobili sotuvga chiqdi, uning birinchi egasi Erdo`g`on bo`ldi (video)

04.04.2023, 09:39

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

11.02.2023, 23:36

Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1