AsosiyDunyo
5667

Shvesiyada erkaklar bilan qo`l berib ko`rishishni istamagan ayol ishdan bo`shadi

Shvesiyaning Xelsingborg shahridagi maktabda ishlayotgan 20 yoshli Fardus el-Sakka erkak hamkasblari bilan qo`l berib ko`rishishni istamagani uchun ishdan bo`shash haqida ariza yozdi. Fardus islom diniga e`tiqod qiladi, deb yozadi “Vesti”.

Maktab o`qituvchilaridan biri uning ustidan arz qilib, qizni “Tenghuquqlikning Evropa normalari”ga rioya qilmaganlikda aybladi. 

O`qituvchi qiz maktab ma`muriyati bilan sudlashmoqchi. 

Fardus el-Sakka faqatgina ayollar bilan qo`l berib ko`rishar edi. Erkaklar bilan esa u qo`lini ko`ksiga qo`yib va biroz eglib so`rashar edi. 

Qizning hamkasblaridan biri bu xatti-harakatlardan hayratga tushdi. Fardusni direktor o`z xonasiga chaqirdi va unga “umuminsoniy qadriyat”larga rioya etishni buyurdi. O`z diniga zid keluvchi amallarni bajarishni istamagan qiz ishdan bo`shashga qaror qildi. 

Fardus maktab ma`muriyatini sudga berdi.

Boshqa yangiliklar