6 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning o`sish sur`atlarini qo`llab-quvvatlash, ikki mamlakatning etakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investisiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperasiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e`tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko`rib chiqdilar.






