1

Er silkinishidan ogohlantirgan Google prognozi qanchalik ishonchli?

Dunyo 24.03.2023, 22:13
Er silkinishidan ogohlantirgan Google prognozi qanchalik ishonchli?

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Seysmologiya instituti direktori o`rinbosari Vohidxon Ismoilov zilzilani oldindan aniqlash yo`nalishidagi ishlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan ma`lumot berdi.  

Qayd etilishichk, Google kompaniyasi tomonidan 2020 yilda ishlab chiqilgan va Android tizimiga o`rnatilgan zilzila to`g`risida erta ogohlantirish dasturi ilk bor AQShning Kaliforniya shtatida sinovdan o`tgan. Shundan boshlab Google kompaniyasi zilziladan erta ogohlantirish tizimini jahon tizimiga aylantirish bo`yicha ishlanmalar olib bordi. Android qurilmasida ishlayotgan mobil telefonlarning seysmik tebranishlar haqida erta ma`lumotlar olish imkoniyatini yaratdi.  

Albatta, bu g`oya yangilik emas. Chunki Yaponiya hududi uchun zilzilalarni erta ogohlantirish tizimi Yaponiya metereologik agentligi tomonidan yaratilgan va qo`llanib kelinmoqda. Xuddi shunday mintaqaviy tizim Meksika, Xitoy, Tayvan, Italiya, Ruminiya va boshqa davlatlarda ham qo`llaniladi. Lekin Google kompaniyasi yaratgan mobil dastur butun jahonni qamrab olish imkonini beradi.  

Google tizimi bu zilzilani prognoz qilish usuli emas, balki zilzila sodir bo`lgandan so`ng seysmik to`lqinlarni tarqalishi bilan bog`liq jarayonni uzatish tizimidir. Zilzila o`chog`idan tarqalgan bo`ylama to`lqin yaqin atrofdagi seysmik stansiyalarda qayd qilingandan so`ng, 3 soniyada zilzila to`g`risidagi ma`lumot, ya`ni o`choqning chuqurligi, zilzila kuchi, oradagi masofa, Google tizimi orqali dunyoga tarqaladi. Ko`ndalang tebranishlar fizik mohiyati bo`yicha talafotli tebranishlar bo`lganligi sababli, uning etib kelish vaqti qanchalik erta aniqlansa, bir muncha xavfsizlikni ta`minlash mumkin.  

Xitoy tadqiqotchilarining ma`lumotlariga ko`ra, erta ogohlantirish tizimi 3 soniyada shikastlanishlarni 14 foizga, 10 soniyada jarohatlanish va qurbonlarni 39 foizga, 20 soniyada 63 foizga qisqartirishi mumkin.  

Shundan kelib chiqib, zilziladan erta ogohlantirish tizimining mavjudligi seysmik xavfsizlikni ta`minlashning samarali yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Yaponiya aholisining 65 foizi erta ogohlantirish tizimidan samarali foydalanar ekan.  

Erta ogohlantirish tizimi samaradorligi aholining zilziladan avval va zilzila davrida harakatlanishi bilan uzviy bog`liq. Hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zilzila davrida aholining qanday harakatlanishi to`g`risida mobil ilova ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan.  

Android qurilmasidan foydalanuvchi O`zbekiston aholisi ilk bor joriy yil 21 mart soat 21:47 da Afg`oniston hududida sodir bo`lgan kuchli zilzilaning seysmik tebranishlari to`g`risida erta ogohlantirish tizimi orqali ma`lumotlar oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1