1

O`zbekiston davlat qarzi 29 mlrd dollardan oshdi. Bu yangi rekord

Iqtisodiyot 31.03.2023, 17:09
O`zbekiston davlat qarzi 29 mlrd dollardan oshdi. Bu yangi rekord

2022 yil davomida O`zbekiston davlat qarzi 2,9 mlrd dollarga ko`payib, 29,2 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Davlat qarzining 90 foizdan ortiq qismi xorijiy valyutada jalb qilingan.

Davlat qarzi 2022 yil 3-choragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga ko`paygan, YaIMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshib 34,1 foizdan 36,4 foizga etgan. Taqqoslash uchun, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga davlat qarzi 26,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Davlat qarzining umumiy miqdori yildan yilga oshayotgan bo`lsa-da, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 2020 yildan keyingi davrda kamaygan.

Jahon banki (JB) prognozlariga ko`ra, O`zbekiston hukumati o`zining qarz olish cheklovlariga rioya qilishda davom etishi kutilmoqda. Davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxiriga kelib YaIMning mos ravishda 32 va 55 foizigacha bosqichma-bosqich kamayishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1