Bu haqda Soliq qo`mitasi mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirish tayyorlandi.
Xususan, foyda solig`i hisobot shakllariga quyidagi o`zgartirishlar kiritilib, yangi paket kodlari biriktirildi:
Foyda solig`i hisob-kitobi paket kodi – 1020540 ( avvalgi - 1020535).
Tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash, amortizasiya ajratmalari va transfert narxni belgilash bo`yicha yangi ilovalar qo`shildi.
Bunda tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash va amortizasiya ajratmalari bo`yicha ilovalar yil yakuni bilan soliq hisoboti taqdim etilganda to`ldiriladi. Mazkur ilovalar I-III choraklar uchun to`ldirilmaydi;
Sug`urta korxonalari uchun paket kodi – 1020538 (avvalgi - 1020533).
Bunda hisobotning 2-ilovasidan 040-120-satrlari chiqarib tashlandi;
Soliq agentlari tomonidan to`lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to`lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi paket kodi – 102029 (avvalgi - 102028).
Bunda hisobotning 2-ilovasidan jismoniy shaxslarning STIR aks ettirish ustuni chiqarib tashlandi.
Ma`lumot uchun, 2022 yil uchun qayta hisobot topshirganda avvalgi paket kodlaridan foydalaniladi.
Shuningdek, “Foyda solig`i bo`yicha soddalashtirilgan tartibini qo`llovchi soliq to`lovchilarning hisob-kitobi” hisobot shakli qo`shildi. Paket kodi - 10205_39.
Foyda solig`i to`lovchilari shaxsiy kabinetidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo`yicha murojaat” interaktiv xizmati yordamida soliq organlarini xabardor qilish orqali mavjud imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.






