Nozim Husanov kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Nozim Husanov vazirning birinchi o`rinbosari lavozimiga 2022 yilning dekabrida tayinlangan edi. Bungacha u 2019 yil sentyabr oyidan bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan.






