Butun islom ummati uchun muqaddas bo`lgan Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar etakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o`z qutlovlarida mamlakatimiz Prezidenti va ko`p millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etib, ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirmoqda, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilamoqda.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;
Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;
Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri o`rinbosari, Prezident ishlari bo`yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;
Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.






