1

“Tashabbusli byudjet”: qiymati 2,8 trln. so`mni tashkil etgan jami 2 997 ta loyiha g`olib deb topildi

Iqtisodiyot 28.04.2023, 20:47
“Tashabbusli byudjet”: qiymati 2,8 trln. so`mni tashkil etgan jami 2 997 ta loyiha g`olib deb topildi

Joriy yilning 27 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Iqtisodyot va moliya vazirligida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali e`lon qilingan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumida faol ishtirok etgan hokim yordamchilari va fuqarolarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda “Tashabbusli byudjet” loyihasi yildan-yilga fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashda tezkorlik bilan natijaga erishish mumkin bo`lgan hamda barcha fuqarolar foydalanish imkoniyati yaratilgan qulay mexanizm sifatida shakllanib borayotgani haqida to`xtalib o`tildi.

O`tgan 2021-2022 yillar davomida “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun davlat byudjetidan qariyb 3,0trln. so`m mablag` yo`naltirildi. Mazkur mablag`lar doirasida jami 5730ta loyiha g`olib deb topilib, to`rt mingga yaqin mahallalarda ijtimoiy muammolar bartaraf etilishiga erishildi.

Xususan, 2,5mingdan ortiq maktab, bog`cha va tibbiyot tashkilotlari ta`mirlandi va jihozlandi. 1500ga yaqin ko`chalar asfaltlanib yo`llar tartibga keltirildi va 300ga yaqin mahallalarda ichimlik suvi ta`minoti yaxshilandi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yilgi birinchi mavsumi 2023 yilning 6fevralidan boshlandi. Mavsum doirasida 9441tamahalla fuqarolari tomonidan jami 55 ming 970 ta loyiha kelib tushdi. Shundan 
33 ming 700 ta loyihalar ovoz berish jarayoniga o`tkazildi.

Ovoz berish jarayonida ichki yo`llarni ta`mirlash yo`nalishida 10,4 mingta (26%), umumta`lim maktablarini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha 5,3 mingta (18%), ko`cha chiroqlarini o`rnatish hamda elektr energiya ta`minoti bilan bog`liq loyihalar 4,5 mingta (11%), maktabgacha ta`lim tashkilotlarini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha 2,5 mingta (8%), tibbiyot tashkilotlari bo`yicha 1,4 mingta (6%) loyihalar ilgari surildi.

Bu yilgi tashabbusli byudjet loyihasi ovoz berish bosqichida respublika bo`yicha 16 mln. dan ortiq yurtdoshlarimiz (jami aholi soniga nisbatan 45 foiz) ovoz berishdi.

Ovoz berish yakunlariga ko`ra, “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi”ga yo`naltirilgan mablag`lar doirasida 1419ta mahallada umumiy qiymati 1,5 trln so`mni tashkil etgan jami 1 666 ta loyiha g`olib deb topildi. Ushbu loyihalar uchun fuqarolar tomonidan jami 7,7 mln.dan ortiq ovoz berildi.

Shuningdek, fuqarolar faolligini qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida” 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 mavsum doirasida o`tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo`shimcha ravishda 1,3 trln. so`m mablag` ajratilishi belgilandi.

Yakuniy natijalarga ko`ra, umumiy qiymati 2,8 trln. so`mni tashkil etgan jami 2 997 ta loyiha g`olib deb topildi.

Tadbirda nafaqat hokim yordamchilari, balki OAV vakillari ishtirok etib, tanlov haqidagi o`z fikr va takliflarini bildirishdi.

Tadbir yakunida Iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan hokim yordamchilari va faol fuqarolarga esdalik sovg`alar topshirildi hamda kelgusida jamiyat rivoji yo`lida faol ishtirokda bardavom bo`lishlarini ta`kidlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1