Energetika vazirligi: “ O`zbekistonda AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 so`mdan ham arzonlashishi kutilmoqda”

Iqtisodiyot 30.04.2023, 18:55
Energetika vazirligi: “ O`zbekistonda AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 so`mdan ham arzonlashishi kutilmoqda”

2023 yil 1 maydan boshlab “O`zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilmaydi. Bu haqda energetika vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, “UNG petro” MChJ mas`ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e`lon qilgan va bu holat bo`yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko`riladi.

“Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ko`rilayotgan choralar natijasida AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 so`mdan ham arzonlashishi kutilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1