Bolangiz kamqon bo`lsa...

Salomatlik 07.10.2016, 11:30
Teglar: Salomatlik, Farzand
Bolangiz kamqon bo`lsa...

Boladagi rangparlik, holsizlik va ishtahaning pasayishi ko`p hollarda u qadar vahimali ko`rinmaydi. Ammo qon tahlilida gemoglobin miqdorining pastligi davolash choralarini kechiktirmaslik lozimgiga ishoradir. Aksariyat ota-onalar bolaning taomnomasiga urg`u berishadi. Xo`sh, aslida ham kamqonlikka davo bo`luvchi mahsulotlar qaysilar?

 

URUG`LAR

100 grammi bir kunlik temir moddasiga bo`lgan ehtiyojni 100 foizga to`ldiradi.

Kunjut, qovoq urug`i, pista tarkibida temir moddasi serob. Bolakay kun davomida bir siqim iste`mol qilsa bo`lgani, organizmi o`zi uchun etarlisini qabul qiloladi.

 

GREChIXA

100 grammi bir kunlik temir moddasiga bo`lgan ehtiyojni 50 foizga to`ldiradi

Sut bilan tayyorlanganini bolajonlar sevib iste`mol qilishsada, grechixa va sut bir-biri bilan mos tushmaydi. Chunki ikkisida ham kalsiy bor. Bu esa kichkintoy oshqozoniga og`irlik qilishi mumkin. Yaxshisi, grechixani suvda pishirib, sariyog` bilan aralashtirib oling.

 

YoNG`OQLAR

100 grammi bir kunlik temir moddasiga bo`lgan ehtiyojni 30 foizga to`ldiradi

Xandon pista, eryong`oq va bodom – bu uchchala yong`oqda temir moddasining ulkan zahirasi bor. Bola organizmida allergik ta`sir yuzaga kelmasligi uchun yarim siqim yong`oq kifoya qiladi. Yong`oq eyilganidan 20 daqiqa o`tib, iliq suv yoki choy ichirib yuborishni unutmang.

 

MOL GO`ShTI

100 grammi bir kunlik temir moddasiga bo`lgan ehtiyojni 25 foizga to`ldiradi

Boshqa go`sht turlariga qaraganda mol go`shtida temir moddasi ko`p. Qolaversa, bolalar uchun ham mol go`shtini tanlagan ma`qul. Go`shtni qovurgandan ko`ra qaynatib yoki bug`da tayyorlab bersangiz, foydasi ko`proq bo`ladi. Tovuq va kurka go`shtlariga ixtiyor berishingiz mumkin. Biroq ulardan tayyorlangan taomlar ko`proq parhezbopligi bilan ajralib turadi.

 

ISMALOQ

Bir bog`ida bir kunlik temir moddasiga bo`lgan ehtiyojning 10 foizi bor. Rivojlanayotgan organizm uchun zarur bo`lgan vitamin, mineral va kislotalarga boy bo`lgan ismaloq temir moddasiga ham mo`ldir. To`g`ri, farzandingiz ismaloq qo`shilgan eguliklarni rad etishi mumkin. Shu bois pomidor, bodring bilan arashtirib, salat tayyorlab bering. Yoki tuxum bilan atalab, quymoq pishirishingiz mumkin.

 

Maslahatlar:

  • Agar bola organizmida folat kislotasi va S vitamini tanqisligi mavjud bo`lsa, temir moddasi yaxshi singmasligi mumkin. Shifokor  qabulida ana shu holatga ham diqqat qiling. S vitminini mevalardan topasiz. Foliy kislotasi esa ko`katlarda serob.
  • Bola taomnomasi qanchalik rang-barang bo`lsa, kichkintoy organizmi o`zi uchun kerakli  vitamin va minerallarni qabul qilishi shunchalik oson bo`ladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1