1

Markaziy bank raisi P2P loyihasiga qarshi ekanini aytdi

Iqtisodiyot 04.05.2023, 19:39
Markaziy bank raisi P2P loyihasiga qarshi ekanini aytdi

Markaziy bank hukumatning bank kartalari o`rtasidagi pul o`tkazmalaridan xabardor bo`lib turishga intilishini qqo`shilmasligini aytdi.

Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 4 may kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz o`zimizning fikrimizni matbuot orqali etkazmaganimizni Markaziy bank o`z fikrini bildirmagan deb baholamaslik kerak. Biz bu farmon chiqqanidan keyin o`zimizning salbiy munosabatimizni Soliq qo`mitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga etkazganmiz.

Bizning qarashlarimiz OAVda muhokama qilinganidan ko`ra qat`iyroq. Va biz buni etkazganmiz. Buning asosiy tub maqsadi nima ekani haqida haligacha ma`lumot olganimiz yo`q. Bu narsa 1-maydan qo`llanilmaydi. Eng asosiysi, bank qonunchiligidagi daxlsizlik normalari bo`yicha tamoyillar to`liq bajarilmaydigan bo`lsa, buni amalda qo`llash bo`yicha nizomlar va boshqa qarashlar Markaziy bank tomonidan ma`qullanmaydi. Chunki bu narsa Markaziy bank bilan kelishilgan nizom yoki ko`rsatmadan so`ng amalga oshishi kerak”, – dedi Nurmurodov.


Regulyator rahbariga ko`ra, banklardan ma`lumot so`rash uchun ma`lum bir tartib, nizom bo`lishi kerak, bu nizom Markaziy bank bilan kelishilmasdan banklarga etkazilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1