AsosiyIqtisodiyot

Chuy viloyatida O`zbekiston va Qirg`iziston avtomobil zavodi qurishni boshladi

'Chuy viloyatida O`zbekiston va Qirg`iziston avtomobil zavodi qurishni boshladi'ning rasmi

"O`zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug`bek Rozuqulov va Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov ishtirokida Qirg`izistonning Chuy viloyatida "Altin tulpar unaa kurulush" avtomobil hamda tijorat uskunalarini yig`ish va ishlab chiqarish zavodining qurilishi boshlandi. 

Tashkil etilgna tadbirda Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari qutlov so`zi bilan so`zga chiqib, ikki qardosh respublika birligini mustahkamlashga ulkan hissa qo`shgan ikki davlat Prezidentlariga minnatdorlik bildirdi.

“Bugun Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasidagi do`stlik yangi bosqichga ko`tarildi. O`zaro tashriflar amalga oshirilmoqda, bu mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga oid kelishuvlar bilan tasdiqlanadi. Bugungi kunda engil avtomobillarni yig`ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishining boshlanishi buning isbotidir. Bu har ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega loyiha”, — dedi Oqilbek Japarov.

Eslatib o`tamiz, zavodni Qirg`iziston Respublikasi hududida qurish bo`yicha kelishuvga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil yanvar oyida Qirg`iziston Respublikasiga rasmiy tashrifi chog`ida erishilgan edi.

Dastlabki bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, mingdan ortiq doimiy ish o`rni yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar