1

Evropa komissiyasi vise-prezidenti O`zbekistonga keladi

Siyosat 12.05.2023, 15:13
Evropa komissiyasi vise-prezidenti O`zbekistonga keladi

TIVda Evropa mamlakatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Oybek Shaxavdinov va EI delegasiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvda O`zbekiston va EI o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda bo`lajak tadbirlar masalasi muhokama qilindi.

Xususan, 2023 yil 17-19 may kunlari Evropa komissiyasi ijrochi vise-prezidenti Valdis Dombrovskisning O`zbekistonga tashrifi va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) yillik yig`ilishida ishtirok etishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston va EI o`rtasida  siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo`shma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirish muhimligi ta`kidlandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1