AsosiyHi-Tech

Mastercard O`zbekistonda vakolatxonasini ochadi

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o`rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasini...

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o`rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasining Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo`yicha prezidenti Dimitrios Dozis boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda



Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirish, kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash va O`zbekistonda IT-autsorsing markazlari, BPO va KPO sohalarini yanada rivojlantirishda hamkorlikni muhokama qildilar. 

Shuningdek, Mastercard O`zbekistonda o`z vakolatxonasini ochish rejasini e`lon qildi, bu ularning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qiziqishini ifodalaydi.

    Boshqa yangiliklar