1

Opasining xo`rlanishiga chidolmagan yigit pochchasining joniga qasd qildi

Jinoyat 10.10.2016, 11:04
Teglar: Jinoyat
Opasining xo`rlanishiga chidolmagan yigit pochchasining joniga qasd qildi

Oilaviy hayotda har qanday ko`ngilsizliklar bo`lib turadi. Uning oldini olish uchun esa ayol sabrli, erkak esa mulohazaliroq bo`lishi lozim. Yo`qsa, er-u xotin orasiga tushgan ayrim “jonkuyarlar” ham o`zgalar xatosi qurboniga aylanishi hech gap emas. Xususan, “Huquq” gazetasining joriy yildagi 36-sonida bayon etilgan Kitob tumanining Qushboshi qishlog`ida sodir bo`lgan ayanchli voqea bunga misol bo`la oladi.

…Mohira Typg`yn bilan hayotini boshlaganida orzulari bir olam edi. O`zini dunyodagi eng baxtli ayoldek his etardi. Ammo baxtli xayot kechirish uchun orzuning o`zi kamlik qildi. Baxt uchun kurashish, fe`l-atvorni o`zgartirish, qiyinchiliklarni sabr bilan engish lozim. Mohira avvaliga kelinlik vazifalarini sidqidildan bajarib yurdi. Biroq ro`zg`or degani doim ham but, to`kin bo`lib turavermasdi. Etishmovchiliklar er-xotin munosabatlariga ta`sir ko`rsata boshladi.

Ba`zida ular arzimagan muammolar qarshisida ham ojiz kolishardi. Shunda er jahliga erk berar, ayol ham undan kolishmaslikka intilib, muno¬sabatlariga sovuqchilik tushirardi. Janjal Mohiraning ota uyiga arazlab ketib kolishi bilan yakun topardi. Oila kattalari ularning hali yoshligini, hayotga tayyor emasligini tushunib, yarashtirib qo`yishardi. Onda-sonda bo`lib turadigan oilaviy janjallar bora-bora odatga aylandi. O`rtadagi farzandlar, ularning ozor chekishi ham xayollariga kelmasdi. Ikkisi ham o`z bilganidan qolmadi. Oxiri hamma bezib, ularning mojarolariga aralashmay qo`ydi.

Dekabr oyi. Turg`un uyga keliboq, janjalga bahona izlay boshladi. Qishning sovug`iga qaramay, kun botayotgan bir paytda bolalariga qo`ylarni dalaga haydashni buyurdi. Mohira eriga bolalar shamollaganini, qo`ylarni cho`ponga berish kerakligini aytdi. Turg`unga shu gap kerak edi. Xezlanib, ayolining tepasiga keldi. «Hali menga gap qaytarayapsanmi?»

Shu bahona bo`ldi-yu, Mohirani kaltaklab bolalarining ko`z o`ngida kadr-qimmatini erga urdi. Ertasi kuni ayol bolalarini etaklab, ota uyiga yo`l oldi…

Qishloqdoshining to`yida ichib mast bo`lgan Turg`unning yodiga uydan ketib qolgan oilasi tushdi. Ularni olib kelish uchun qaynotasinikiga bordi. Pochchasining qilmishlaridan Shohruhning jahli chiqqan bo`lsa-da, o`zini bosdi. Turg`un bolalariga do`q urgancha, uyga qaytishlarini aytdi. Otasining kahrli nigohidan cho`chigan bolalar tog`aning ortiga o`tishdi. Bu Turg`unning battar jahlini chiqardi. So`kinganicha ular tomon bostirib kel¬di. Shohruh pochchasidan bolalarni xaqorat qilmaslikni, ularga yaxshi gapirib, uyga olib ketishi mumkinligini aytdi. Pochcha esa o`z bilganidan qolmadi.

Shundog`am opasining xo`rlanishlariga sabr qilib kelayotgan Shohruhning ortiq toqati qolmadi. Ko`z oldida opasi¬ning bechoraxol qiyofasi gav-dalandi. Pochchasining yoqasiga chang soldi.

— Nega opamni urib, haqorat qilding?

Typg`yn Shohuhning savoliga javob qaytarishga ulgurmadi. Gardaniga tushgan mushtdan qalqib, erga yiqildi. Shohruh pochchasini ayovsiz ura boshla¬di. Turg`un og`riq azobidan «Bo`ldi, bas qil, opangni boshqa urmayman, haqorat qilmayman», deya baqira boshladi.

Baqir-chaqirni eshitib, Shohruxning qo`shni uyda turadigan qarindoshi Jo`rabek ham hovliqqanicha etib keldi va qarindoshlik tuyg`usi jo`sh urib u ham qoniga belanib yotgan Turg`unni tepkilay ketdi.

Turg`un Mohirani boshqa urmaslikka, haqorat qilmaslikka, tinch-totuv yashashga qasam ichdi. Keyin yuzini yuvib, ayvonga behol o`tirdi. Shohruh bilan Jo`rabek Turg`unga ichkariga joy tayyorlab berishdi…

Mohira ishdan qaytgach, bolalaridan yuz bergan voqeani eshitdi. Erining ahvolini bilish uchun u yotgan xonaga kirdi va erining qimirlamay yotishi uni xavotirga soldi. Nahotki o`lib qolgan bo`lsa? Mohira adashmagandi. Turg`un olingan tan jarohati va o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmaganligi tufayli hayotdan ko`z yumgan edi.

Pochchasining o`limi haqidagi xabarni eshitgan Shohruh Jo`rabekning oldiga yugurdi. Unga bor gapni aytib, yarim tun bo`lishiga karamay, u opasi va jiyanlarini uyiga jo`natib yubordi. Opasiga agar biror odam eri qaerdaligini so`rasa, ishlash uchun Qozog`istonga ketgan, deyishini tayinladi.

Opasi ketgach, Shohrux, Jo`ra¬bek bilan Turg`unning jasadini olib, qishloq chetidagi tutzor yoqasiga kelishdi. Keyin jasadni chuqurga tashlab, ustiga tuproq tortishdi. Odamlar voqeadan xabar topmasligi uchun itini ham o`ldirib,o`ligini pochchasi bilan birga, ko`mib yubordi…

Mohira ukasi o`rgatganidek ish tutdi, qo`shnilarga eri ishlash uchun Qozog`istonga ketganligini aytdi. Turg`unning qarindoshi Sardor Turg`un pasportini almashtirmaganini, eski pasport bilan xorijga ketib bo`lmasligini yaxshi bilgani uchun Mohiraning gaplaridan shubhaga tushdi…

Turg`unni qidirish ishlari boshlandi. Aybdor qo`lga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudi tomonidan ayblanuvchilar Shohrux To`raevga 16 yil muddatga, Jo`rabek Xodievga 15 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1