1

«Qaynonam meni yana ko`chaga haydab solsa... », «Onam va ukam uyga da`vo qilishlari mumkinmi?» savollariga mutaxassis javoblari

Savol-javob 10.10.2016, 11:06
Teglar: Savol-javob
«Qaynonam meni yana ko`chaga haydab solsa... »,  «Onam va ukam uyga da`vo qilishlari mumkinmi?» savollariga mutaxassis javoblari

Murojaatlaringizga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi. Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega. 

«AVVAL HADYa QILDI, SO`NG HAYDADI...»,

— Birinchi turmushim bo`lmadi. Ikkinchi bor oila qurib baxtimni topdim, deb o`ylagandim. Erim menga uy hadya qilgandi. Endi esa birinchi oilasi bilan yarashib olib, ularni uy ro`yxatiga kiritmoqchi. Alam qilayotgani meni uydan haydab chiqardi. Hozir ijaradaman. Meni bu uyda biror huquqim bormi?

Dilfuza Begmanova, Farg`ona shahri

 

— Hadya shartnomasi davlat notarial idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan bo`lsa, bu uyning mulkdori siz hisoblanasiz. Eringiz ro`yxatda bo`lgan holatda esa shartnoma asosida foydalanish huquqini saqlab qoladi. Hadya shartnomasiga ko`ra siz uyning mulkdori hisoblaganingiz bois, turar-joyga boshqalarni ro`yxatga qo`yish uchun, albatta, roziligingiz talab etiladi. Mulkdor sifatida ushbu uyga kiritishni,  ro`yxatsiz yashayotgan shaxslarni uydan ko`chirishni so`rab sudga murojaat etishingiz mumkin.

 

«QAYNOTAM HOVLINI IKKIGA BO`LDI...»

— Biz yashab kelayotgan uy qaynotamning nomida. Yaqinda u kishi uyni ikkiga bo`lib, bizga 11 sotix, qaynsinglimga 12 sotix er ajratdi.  U kishi qiziga ajratilgan qismni uning nomiga o`tkazib beribdi. Uy «propiska»sida bo`lganlarning roziliklarisiz ham shunday qilinishi mumkinmi?

Ismi sir tutildi

— Turar-joy uy mulkdori tomonidan to`laligicha tasarruf etilganida unda doimiy ro`yxatda turuvchi oila a`zolarining foydaldanish huquqlari buzilmasligi uchun ularning roziliklari talab etiladi. Savolingiz mazmunidan uy mulkdori,  ya`ni qaynotangiz o`ziga tegishli uyning bir qisminigina tasarruf (bo`lib bergan) etgan. Mazkur  holatda uyda yashovchilarning foydalanish huquqi buzilmagan.

 

«MEROSXO`RLAR KO`PAYSA...»

— Ko`p yillar muqaddam otamizga uy berilgan. Onam va ukam shu uy «propiska»siga kiritilgan. Otamning boshqa oilasidan yana olti nafar farzandi bor. Meros masalasi ko`tarilganida onam va ukam uyga da`vo qilishlari mumkinmi?

Ismi sir tutildi

— Meros ochilganida, ya`ni otangiz vafot etgan kun holatiga ko`ra ,onangiz bilan o`rtalarida nikoh bekor qilinmagan bo`lsa, otangizning oldingi turmushidagi farzandlari bilan teng baravar onangiz va uning keyingi turmushidagi barcha farzandlari merosxo`r hisoblanadi.

 

«QAYNONAMDAN HAR NARSA KUTISh MUMKIN!»

— Ayrim sabablarga ko`ra qaynonam uydan haydab yubordi. Uyga kiritish da`vosi bilan sudga murojaat qildim. Sud qarori bilan mart oyida uyga kiritishar ekan. Biroq bir narsadan havotirdaman. Turar joydan menga xona ajratishsa-yu, ishga ketganimda qaynonam uni qulflab qo`ysa-chi? Yoki meni yana ko`chaga haydab solsa nima qilaman?

Zarina, Toshkent shahri

— Sud qarori bo`la turib, ijrosining amalga oshirilishiga to`sqinlik qilinsa, uy mulkdori sizni uyga kiritmasa ushbu holat to`g`risida ijro bo`linmasiga qayta murojaat etasiz. Shikoyatingizga ko`ra, sud qarori ijrosi ijrochilar tomonidan ta`minlanadi.

 

«AJRAShAMAN. FAMILIYaMNI HAM O`ZGARTIRAMAN!»

— Turmushim bo`lmay ajrashayapmiz. Ayni dam pasportimni yangilash harakatidaman. Hujjatni yangisiga alishtirishda oilaviy holatni ko`rsatish shartmi? Nikoh qonuniy bekor bo`lmasidan qizlik familiyamga o`tishim va pasportda erimning ism-sharifini ko`rsatmasam ham bo`ladimi? Yana bir murojaatim bor, hozir homiladorman. Farzandim tug`ilgach, uni o`zimning nomimga ololamanmi?

«SMS» orqali kelgan savol

— Savolingiz mazmunidan bugungi kunda eringizning familiyasidasiz. Ushbu nasabni o`zgartirishda nikohdan ajratish to`g`risidagi qaror asos hisoblanadi. Yangi tug`ilgan bolaga nasabni belgilash esa ota-onaning huquqi hisoblanib, bunga ko`ra farzandingizga o`zingiz yoki eringizning familiyasi berilishidan qat`i nazar tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomaning otasi grafasida bolaning qonuniy otasi qayd etiladi.

 

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1