1

O`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan ”prava” olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 30.05.2023, 21:23
O`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan ”prava” olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.D. va T.S. fuqaro A.A.ga go`yoki viloyat YHHB ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Shu kabi, Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro S.E.ga tanishlari yordamida o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 100 AQSh dollari va 1,1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1