AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonliklar qo`lida qancha AQSh dollari borligi ma`lum qilindi

'O`zbekistonliklar qo`lida qancha AQSh dollari borligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ayni daqiqalarda Senatning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning hisoboti tinglandi. Yalpi majlisda Markaziy bank raisiga aholining banklarga valyuta ko`rinishidagi omonatlarni qo`yishi o`tgan yilgiga qaraganda 9 foizga kamayganiga izoh berdi.

Nurmuratovga ko`ra, haqiqatda hisobot davrida O`zbekiston banklaridagi depozitlar tizimida o`zgarishlar kuzatilgan. Aholining umumiy omonatlari 1,7 barobarga oshganida valyutadagi muddatli omonatlarda kamayish sodir bo`lgan.

"Buni dedollarizasiya bilan izohlash mumkin. Ya`ni aholining valyuta kursidagi kichik darajada tebranishning saqlanib qolishi va omonatlar bo`yicha foizlarning jozibadorligi 21-22 foiz oralig`ida shakllanishi valyutadagi mablag`larini olib so`mda depozit qo`yishga bo`lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Bu amaliyotda ko`rilyapti. Buni yaxshi holat deb baholash mumkin. Bu vaziyatni odamlar valyutasini uyida saqlayapti deb qarash ham kerak emas. Ammo ma`lumotlarga ko`ra, hozirda aholining qo`lida qariyb 12 mlrd AQSh dollari bor. Biz hozir bularning hammasini jalb qila olmaymiz. Lekin yuqorida aytilganidek, odamlar dollarlarini so`mga almashtirib muddatli depozitlarga qo`yishni boshlagan va bu biz uchun quvonchli hol", — deydi Markaziy bank raisi.

U, shuningdek, valyutadagi muddatli omonatlardagi kamayishni o`tgan yilgi geosiyosiy vaziyat bilan bog`lagan. Ya`ni, Nurmuratovning ta`kidlashicha, urush boshlangandan buyon 60 mingdan ortiq norezidentlar o`zbek banklarida hisobvaraqlar ochgan va ularning mablag`lari 892 mln.dollar atrofida. Bu jami chakana depozitlarning (6 mlrd.dollar) qariyb 15 foizi degani.

    Boshqa yangiliklar