AsosiyDunyo

Kaxovka GESi o`qqa tutilishi natijasida vayron bo`lmoqda. Qishloqlarni suv bosishni boshladi (video)

'Kaxovka GESi o`qqa tutilishi natijasida vayron bo`lmoqda. Qishloqlarni suv bosishni boshladi (video)'ning rasmi

Seshanbaga o`tar kechasi bir qator axborot ijtimoiy kanallarda Kaxovka GESi vayron bo`layotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

 

Hukumatning ma`lum qilishicha, Kaxovka GESining uch qismi suv bosimi ostida qulab tushgan. 

Ma`lumot o`rnida:

Kaxovka GES - Xerson viloyati Novaya Kaxovka shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning vayron bo`lishi minglab odamlarning o`limiga olib kelishi mumkin.

Novokaxovka shahar okrugi ma`muriyati rahbari Vladimir Leontev bergan intervyusida esa GESning shandorlar, klapanlar o`rnatilgan yuqori qismiga tungi soat ikkilarda bir necha marta zarba bo`ldi va u buzib tashlangani haqida aytmoqda. "To`g`on buzilmagan. GESning quyi oqimida suv sathi 2,5 metrga ko`tarildi" deydi u.

Vladimir Zelenskiy esa Kaxovka GESdagi portlashga munosabat bildirdi:

“Rossiya terrorchilari Kaxovka GES dambasini vayron qilish orqali butun dunyoga ularni Ukraina zaminining har bir burchagidan haydab chiqarish kerakligini tasdiqlamoqda. Ularga bir metr ham joy qoldirilmasligi kerak, chunki ular har metrdan falokat uchun foydalanadi. Faqat Ukrainaning g`alabasi xavfsizlikni qaytaradi. Va ushbu g`alaba muqarrar. Na suv, na raketa va na terrorchilarning boshqa harakatlari Ukrainani to`xtata olmaydi.

Barcha favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi chaqirildi. Iltimos, faqat rasmiy va tasdiqlangan ma`lumotlarni tarqating”, — deb yozgan Ukraina prezidenti Telegram kanalida. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar