1

«Onam, nabiralariga vasiy bo`loladimi?», «Hadya qilingan mulk bo`linadimi?» savollariga huquqshunos javobi

Savol-javob 11.10.2016, 11:51
Teglar: Savol-javob
«Onam, nabiralariga vasiy bo`loladimi?», «Hadya qilingan mulk bo`linadimi?» savollariga huquqshunos javobi

Murojaatlaringizga huquqshunos Durdona NAZAROVA javob beradi.

Eslatib o`tamiz, mutaxassislar izohi tavsiyaviy xarakterga ega.

 

«ONA-BOLANING TILI BIR!»

— Turmush o`rtog`imning vafot etganiga 10 yil bo`ldi. Farzandlarimni bir o`zim tarbiyalayman. Biz yashab kelayotgan uyning yarmi kichik qizimga, qolgani esa qaynonamning nomiga rasmiylashtirilgan. Ayni dam qaynonam qaynisinglim bilan til biriktirib, bizni uydan haydashayapti. Uy hujjatlarini ham olib qo`yishgan. Qaynonam hovlining ikkinchi yarmini ham o`z nomiga o`tkazmoqchi. Bu ishni qizimning roziligisiz bajarishi ham mumkinmi?

Muharram Mo`minova, Zangiota tumani

— Agar qizingiz voyaga etgan bo`lsa, nizoli uyning tegishli qismini o`zgalar nomiga tasarruf etish bilan bog`liq harakatlar, albatta uy mulkdori, ya`ni farzandingizning roziligisiz amalga oshirilmaydi.  Bordi-yu, qizingiz voyaga etmagan bo`lsa, mulkni tasarruf etish masalasi uning qonuniy vakillari ota-onasi, vasiy va homiylik organlarining roziligi bilan bolaning manfaatini ko`zlagan holda bajariladi.

 

«ONAM, NABIRALARIGA VASIY BO`LOLADIMI?»

— Ajrashganman. Ikki nafar farzandim bor. Sobiq erim ichkilikka mukkasidan ketgan odam. Otalik huquqidan mahrum etilgan. Aliment ham to`lamaydi. To`ng`ichim 18 yosh, kichigi 16 ga kirdi. Onam ularni o`z qaramog`iga olib, vasiy bo`lmoqchi. Shunday qilinsa bo`ladimi?

Ismi sir tutildi.

— Voyaga etmagan bolalarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ular ota-onasiz yoki turli sabablarga ko`ra qarovsiz qolgan hollardagina vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

 

«O`G`LIMGA UY TALAB QILOLAMANMI?»

— 13 yil avval erim bilan ajrashganmiz. Ammo nikohimiz qonunan bekor qilinmagan. U qayta uylandi, farzandlari bor. O`g`lim  ikkimiz hali ham kelin bo`lib tushgan xonadon «propiska»sida turamiz. Turar-joy ro`yxatida bo`lganimiz munosabati bilan o`g`lim uchun otasining hovlisidan ulush ajratib berishlarini so`rasam bo`ladimi? Buning uchun qaerga murojaat qilinadi?

Ismi sir tutildi.

— Siz nazarda tutgan mulk, sobiq eringiz bilan birgalikdagi nikoh davrida orttirilgan bo`lsa, uning ikkidan bir qismiga egalikni so`rab, sudga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu uyda farzandingiz bilan uzoq muddat davomida yashamasdan turib, uy ro`yxatida saqlanib qolishligingiz, o`g`lingizga uyning ikkidan bir qismini ajratib olishlik uchun asos bo`lolmaydi.

 

«HADYa QILINGAN MULK BO`LINADIMI?»

— Yoshim 41 da. Turmushim bo`lmay, ajrashganman. Farzandim ham yo`q. Shu paytgacha ajrim masalasi qonuniy hal qilinmagandi. Ajrimga bersam, mol-mulk  taqsimlanishi haqida o`ylab, ikkilanib turibman. Otam vafotidan oldin o`zi yashab turgan uyni menga hadya qilib bergan. Ajrim vaqti mana shu uyning yarmi erimning nomiga o`tib ketmaydimi? Axir mol-mulk teng bo`linadi-ku.

Ismi sir tutildi.

— Er-xotin o`rtasida birgalikda orttirilgan mulkni bo`lish nizolari ko`tarilgan vaqtda nikoh davrida yoki xotinga hadya qilingan mulk hadya qilingan shaxsning mutlaq mulki hisoblanib, er-xotin o`rtasida bo`linmaydi.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1